Qishda uy nega sovuq bo‘ladi? Muammo tomda va uning to‘g‘ri yechimida
Ko‘plab uylarda issiqlikning 50% gacha qismi aynan tom orqali chiqib ketadi. Ushbu maqolada real obyekt misolida tomni to‘g‘ri texnologiya asosida izolyatsiya qilish qanday qilib yuqori natija berishini ko‘rsatamiz.

Qishda uy tez sovib ketishining asosiy sabablaridan biri — tomning yetarli darajada izolyatsiya qilinmaganidir. Amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, issiqlik yo‘qotilishining eng katta qismi, taxminan 50 foizi, aynan tom orqali sodir bo‘ladi.
Oqtoshdagi obyektimizda mijozimiz aynan shu muammoni ildizidan hal qilishga qaror qildi. Tom qismi barcha texnik talablarga rioya qilingan holda mineral vata bilan to‘liq izolyatsiya qilindi.
Ish qanday amalga oshirildi?
Ish jarayoni oddiy emas, balki aniq texnologiya asosida bajarildi.
Avvalo tom qismi paroizol bilan yopildi — bu namlikning izolyatsiyaga kirib borishini oldini oladi. Shundan so‘ng mineral vata qatlamma-qatlam qilib yotqizildi:
- 4 qatlam folgasiz mineral vata
- 1 qatlam namlikka qarshi folgali mineral vata
Umumiy hisobda tom 5 qatlam, 25 sm qalinlikda izolyatsiya qilindi.
Natijalar raqamlarda
- Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti (λ): 0.036
- Umumiy R-qiymat: 6.9
Bu shuni anglatadiki:
- issiqlik tom orqali deyarli chiqib ketmaydi;
- qishda uy ichida barqaror iliqlik saqlanadi;
- yozda esa tomdan keladigan issiqlik sezilarli kamayadi;
- gaz va elektr uchun qilinadigan xarajatlar ancha qisqaradi.
Mijozimiz natijadan mamnun. Chunki bu safar faqat “devorga izolyatsiya qilish” emas, balki issiqlik yuqoriga harakatlanishini hisobga olgan holda, tomni to‘g‘ri qalinlik, qatlam va texnologiya asosida izolyatsiya qilish amalga oshirildi.
To‘g‘ri yondashuv kamroq xarajat bilan yuqori natija beradi. Aynan shuning uchun mijozlar bizga murojaat qilishadi — biz jarayon emas, natija qilamiz.
