10 yildan buyon siz bilan
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan yagona kvars minvata (mineral paxta) — xonadoningiz uchun sifatli tanlov
- 30 000+tonna yiliga
- 50+yil xizmat muddati
- 60%isitishda tejash
- 1 kunbarcha hududlarga yetkazish
Ecover Comfort rulonlari
Rulonlar 50 mm qalinlikda, eni 1,2 m; plita 120×60 sm, qalinligi 10 sm. Narxlar QQS bilan.
Tom qiyaligi, mansarda, hammom va sauna · Qoʻshimcha himoya: bugʻ va issiqlik nurlanishidan
Kvars qumidan tayyor rulongacha
Zavodimiz 7 gektar maydonda joylashgan. Kvars qumidan tayyor qadoqqacha butun jarayon bir joyda — yiliga 30 000 tonnadan ortiq mahsulot.
-
1
Xom ashyo
Kvars qumi, soda, dolomit, borat va alyuminiy oksidi aniq retsept boʻyicha aralashtiriladi.
-
2
Eritish 1400 °C da
Aralashma gaz pechida eritilib, bir xil shisha massaga aylanadi.
-
3
Tola hosil qilish
Erigan massa tez aylanuvchi qurilmada eng ingichka tolalarga aylantiriladi.
-
4
Tayyor mahsulot
Mahsulot siqilgan holda polietilen qadoqqa oʻraladi — tashishda joy tejaladi.
Nega aynan Ecover
Tejamkorlik
Qishda issiqlikni, yozda salqinlikni saqlaydi, kommunal toʻlovlarda 60% gacha tejash imkonini beradi.
Yongʻinga chidamlilik
Yonmaydi va olov tarqalishiga toʻsqinlik qiladi, GOST va Oʻz DSt talablariga javob beradi.
Ekobarqarorlik
Inson salomatligi va ekologiyasi uchun zararsiz, hidsiz, mogʻor va mikroorganizmlarga chidamli.
Mustahkamlik
Material 50 yildan ortiq xizmat qiladi, deformatsiya, mogʻor va namlikka chidamli, almashtirish yoki parvarish talab qilmaydi.
Shovqinga chidamlilik
Maxsus material tufayli ichki va tashqi shovqinlarni samarali yutadi.
Ecover ishlatdingizmi?
Mahsulotimizni baholang — bir bosish kifoya.
Rahmat! Fikringizni Google'da ham qoldirsangiz, boshqa xaridorlarga tanlashda yordam beradi.
Google'da baho qoldirishUzr soʻraymiz! Nima boʻlganini yozing — menejer tez orada bogʻlanib, hal qiladi.
Uyni tomini ecover blan yoptik, effekti ancha bilindi. Oldin qishda tepadan sovu o'tardi, hozir uy ancha issu saqlanvotti. Narxiga yarasha sifatli ekan
Biz devor orasiga ishlatdik. Uyimiz ko'cha bo'yida bo'lgani uchun shovqin juda ko'p edi. Issiqdan tashqari, shovqinni ham ancha kamaytirdi. Tavsiya qilaman!
Sifati bo'yicha gap bo'lishi mumkin emas. Rossiyada ishlagan paytimiz ham shunaqa materiallar bilan ishlardik, Ecover ham o'sha standartda ekan
15 ta shaharda dilerlarimiz bor
Shaharingizni tanlang va toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻngʻiroq qiling.
Yetkazib berish qancha vaqt oladi?
Oʻzbekistonning barcha hududlariga buyurtmani 1 kunda yetkazib beramiz.
Necha rulon kerakligini qanday bilsam boʻladi?
Kalkulyatorga maydonni kiriting — kerakli rulonlar soni va narx darhol chiqadi. Kesish va ulanishlar uchun 5–10% zahira qoʻshishni maslahat beramiz.
Ecover — shisha paxtami (стекловата)?
Ha. Ecover Comfort — kvars qumi, soda va dolomitdan ishlab chiqariladigan shisha tolali mineral paxta (rus tilida «стекловата»). U yonmaydi (NG sinfi), elastik va shaklini saqlaydi. Rulon va plita koʻrinishida chiqariladi.
Ecover bazalt (tosh) paxtami?
Yoʻq. Ecover — bazalt emas, shisha paxta: kvars qumi, soda va dolomitdan tayyorlanadigan shisha tolali mineral paxta. Bazalt (tosh) paxta esa togʻ jinslaridan qilinadi — bu boshqa material. Ecover yengil va elastik, tom, devor va pollarni issiqlash uchun rulon va plita koʻrinishida chiqariladi.
Folgali va folgasiz rulonning farqi nimada?
Folgali rulonning bir tomonida folga qatlami bor: u bugʻdan qoʻshimcha himoya beradi va issiqlikni xona tomon qaytaradi. Tom qiyaligi, mansarda va hammom uchun mos. Folgasiz rulon chordoq poli, devor va pollar uchun ishlatiladi.
Rulonlarning qalinligi va oʻlchami qanday?
Barcha Ecover Comfort rulonlari 50 mm qalinlikda, eni 1,2 m. Uzunligi: 12 m² — 10 m, 15 m² — 12,5 m, 18 m² — 15 m. Ecover Comfort 20 plitasi: 120×60 sm, qalinligi 10 sm, qadoqda 5 dona (3,6 m²).
Ulgurji narx bormi?
Ha. Katta hajmdagi buyurtmalar uchun narx alohida kelishiladi — menejerimizga qoʻngʻiroq qiling yoki Telegramda yozing.
Mahsulot sertifikatlanganmi?
Ha. Ecover mahsulotlari GOST va Oʻz DSt talablariga javob beradi. Sinov protokollari va sifat sertifikatlarini «Biz haqimizda» sahifasida koʻrishingiz mumkin.
Issiqlik haqida maqolalar
Savolingiz bormi? Qoʻngʻiroq qilamiz
Hisob-kitob, ulgurji narx yoki yetkazib berish — raqamingizni qoldiring, menejer qisqa vaqtda bogʻlanadi.
- +998 99 889 01 56
- +998 97 747 46 46
- Telegram
- info@ecover.uz
- Oʻzbekiston, Jizzax shahri, Promzona-A
- Har kuni 08:00–18:00








