Asosiy qismga oʻtish
UZRU
  1. Bosh sahifa
  2. Maqolalar

Qurilish sohasida sifat va xavfsizlikni ta’minlash – dolzarb vazifa

~1 daqiqa oʻqiladi

Jamiyatimizda qurilish sohasida islohotlarni samarali tashkil etish, aholi uchun barpo etilayotgan bino va inshootlarning sifatini ta’minlash hamda nazorat tizimini takomillashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Qurilish sohasida sifat va xavfsizlikni ta’minlash – dolzarb vazifa

Shu maqsadda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda uning parlamentdagi fraksiyasi tashabbusi bilan “Bino va inshootlarning sifatsiz qurilishi, qurilish nazoratidagi kamchiliklar hamda ob’yektlar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda O‘zLiDeP vakillari, deputatlar, mutasaddi idoralar, soha mutaxassislari hamda jamoatchilik ishtirok etdi. Suhbatda qurilish sohasida kuzatilayotgan muammolar – sifatsiz ishlar va materiallar, texnik nazorat tizimining samarasizligi, lisenziya berishda shaffoflik yetishmasligi, korrupsiya holatlari va ob’yektlar xavfsizligiga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Ishtirokchilar qonunchilikni takomillashtirish, nazoratni kuchaytirish, jamoatchilik ishtirokini kengaytirish hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar bildirdilar.

Davra suhbatida ma’lum qilinganidek, Bosh prokuratura va Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda 396 ta sifatsiz qurilgan ob’yekt aniqlangan. 200 dan ziyod holat bo‘yicha sudga da’vo kiritilib, 100 dan ortiq noqonuniy qurilish buzilgan.

Yig‘ilish yakunida qurilishda sifat va xavfsizlikni ta’minlash mamlakat taraqqiyoti hamda aholi turmush darajasini oshirishda ustuvor ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan ishchi guruh tuzilib, tegishli davlat organlariga qonunchilik va amaliy islohotlarga oid takliflar taqdim etiladigan bo‘ldi.

Aloqa

Savolingiz bormi? Qoʻngʻiroq qilamiz

Hisob-kitob, ulgurji narx yoki yetkazib berish — raqamingizni qoldiring, menejer qisqa vaqtda bogʻlanadi.

Ecover zavodi Oʻzbekiston, Jizzax shahri, Promzona-A · Har kuni 08:00–18:00

Tezkor buyurtma

Ismingiz va raqamingizni qoldiring — menejer tez orada qoʻngʻiroq qiladi.

Menejerga Telegram orqali darhol yetadi