Asosiy qismga oʻtish
UZRU
  1. Bosh sahifa
  2. Maqolalar

Mineral paxta nima va uning afzalliklari

~2 daqiqa oʻqiladi

Avvallari uylarni issiqdan va sovuqdan asrashda qamish va somon ishlatilgan. Biroq ular qisqa muddat xizmat qilgan, yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan. Mineral paxta esa zamonaviy, xavfsiz va uzoq muddatli yechim hisoblanadi.

Mineral paxta nima va uning afzalliklari

Qadim zamonlardan buyon insonlar uy-joylarini issiqdan va sovuqdan himoya qilish uchun turli materiallardan foydalangan. Qamish, somon, loy yoki boshqa tabiiy vositalar vaqtincha yordam bergan bo‘lsa-da, ular tez eskirib, xizmat muddati qisqa bo‘lgan. Bundan tashqari, namlikni tez singdirgani uchun chirib ketish xavfi yuqori bo‘lgan, yong‘inga qarshi mustahkamlik esa deyarli ta’minlanmagan.

Bugungi kunda esa qurilish sohasida butunlay yangi avlod izolyatsiya materiali — mineral paxta keng qo‘llanilmoqda. Mineral paxta tabiiy xomashyolar — qum va toshdan ishlab chiqariladi. Yuqori haroratda eritilgan ushbu material maxsus texnologiya yordamida tolalarga aylantiriladi va natijada yengil, mustahkam hamda xavfsiz izolyatsion qatlam hosil bo‘ladi.

Mineral paxtaning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • Namlikdan himoyalangan: chirib ketmaydi, uzoq muddat shaklini saqlab qoladi.
  • Xizmat muddati uzoq: 50 yilgacha foydalanish mumkin.
  • Yong‘inga chidamli: yonmaydi, yuqori haroratga bardosh beradi.
  • Issiqlikni saqlaydi: qishda uyni issiq, yozda esa salqin tutadi.
  • Shovqinni kamaytiradi: tashqi tovushlarni yutib, uy ichida tinchlikni ta’minlaydi.

Ushbu xususiyatlari tufayli mineral paxta nafaqat xonadonlar, balki sanoat inshootlari, ofis binolari va turli muhandislik tizimlarida ham keng qo‘llanilmoqda.

Mineral paxta — bu zamonaviy qurilishning ajralmas qismi. U qadimiy uslubdagi qamish yoki somon bilan solishtirilganda ancha mustahkam, uzoq muddatli va xavfsizdir. Shuning uchun ham bugungi kunda energiya samaradorligi, ekologik xavfsizlik va uy-joylarda qulay muhit yaratishda eng ishonchli yechimlardan biri sifatida tanlanmoqda.

Aloqa

Savolingiz bormi? Qoʻngʻiroq qilamiz

Hisob-kitob, ulgurji narx yoki yetkazib berish — raqamingizni qoldiring, menejer qisqa vaqtda bogʻlanadi.

Ecover zavodi Oʻzbekiston, Jizzax shahri, Promzona-A · Har kuni 08:00–18:00

Tezkor buyurtma

Ismingiz va raqamingizni qoldiring — menejer tez orada qoʻngʻiroq qiladi.

Menejerga Telegram orqali darhol yetadi