Qaysi biri samaraliroq: zich va og‘ir mineral paxtami yoki yumshoq va yengil mineral tola?
Issiqlik izolyatsiyasida ko‘pchilik hanuz materialning zichligi va og‘irligiga qarab baho beradi. Ammo texnik jihatdan to‘g‘ri savol boshqacha: bir xil qalinlikda qoplanganda qaysi yechim foydaliroq? Keling, buni real hisob-kitoblar asosida ko‘rib chiqamiz.

Nega faqat zichlikka qarash yetarli emas?
Amaliyotda issiqlikni ushlab qolishda asosiy rolni:
- tolalar orasidagi havo qatlami,
- materialning bo‘shliqni to‘liq to‘ldirish.
o‘ynaydi. Shu sababli faqat og‘irlik yoki zichlik emas, materialning real ishlashi muhim.
Bir xil sharoit: 10 sm (100 mm) qalinlik
Taqqoslash adolatli bo‘lishi uchun ikkala mahsulot ham 10 sm qalinlikda olinadi.
Variant 1 — ZICH mineral paxta (100 kg/m³)
- Zichlik: 100 kg/m³
- Qalinlik: 10 sm (0,10 m)
Og‘irlik:
- 1 m²: 10 kg
- 15 m²: 150 kg
Narx:
- 1 tonna ≈ 7 200 000 so‘m
- 1 kg ≈ 7 200 so‘m
- 150 kg = 1 080 000 so‘m
Variant 2 — ECOVER yumshoq mineral tolasi (12 kg/m³)
- Zichlik: 12 kg/m³
- Qalinlik: 10 sm (0,10 m)
Og‘irlik:
- 1 m²: 1,2 kg
- 15 m²: 18 kg
Narx:
- 1 tonna ≈ 15 500 000 so‘m
- 1 kg ≈ 15 500 so‘m
- 18 kg = 279 000 so‘m
Aniq taqqoslash
Ko‘rsatkichZich mineral paxta ECOVER yumshoq mineral tola
Qalinlik 10 sm 10 sm Og‘irlik (15 m²) 150 kg 18 kg Umumiy narx 1 080 000 so‘m 279 000 so‘m Montaj Qiyin, qattiq Oson, elastik Konstruksiyaga yuk Yuqori Minimal
Issiqlik samaradorligi haqida muhim izoh
Issiqlikni ushlab qolishda og‘irlik emas, balki:
- havo qatlamlari,
- devor va karkasga zich yopishish,
- bo‘shliqlarning to‘liq to‘lishi
hal qiluvchi ahamiyatga ega.
ECOVER yumshoq mineral tolasi konstruksiyaga moslashib, sovuq ko‘priklar qoldirmaydi va real sharoitda barqaror issiqlik effektini beradi.
Xulosa
Bir xil — 10 sm qalinlikda:
- ECOVER 8 baravar yengil,
- 4 baravardan ko‘proq arzon,
- montaj va transport xarajatlari past,
- konstruksiyaga ortiqcha yuk bermaydi.
Zichlik emas, to‘g‘ri muhandislik yutadi.